“Bayer” Bundesligada g‘olib bo‘lgan 13-klubga aylandi

Sport

image

Germaniya Bundesligasining 29-turidan o‘rin olgan “Bayer” va “Verder” uchrashuvi yakuniga yetdi. “Bayer” 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Shunday qilib, Xabi shogirdlari muddatidan avval Germaniya chempioniga aylandi.

Bu natija orqali Leverkuzen klubi turnir tarixida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan 13-jamoa bo‘ldi. Turli yillarda chempionatda Dortmundning “Borussiya”si (5 ta g‘alaba), Myunxengladbaxning “Borussiya”si (5), “Verder” (4), “Gamburg” (3), “Shtutgart” (3), “Kyoln” (2), “Kayzerslautern” (2), “Volfsburg”, “Ayntraxt”, “Nyurnberg” va “Myunxen-1860” (1) klublari chempion bo‘lgan. Chempionatdagi sovrinlar soni bo‘yicha rekordchi Myunxenning “Bavariya” klubi hisoblanadi – 32 ta.

Germaniya Bundesligasida 29-turdan keyin “Bayer” 79 ochkoga ega. Leverkuzen jamoasining eng yaqin ta’qibchisi “Bavariya”da esa 63 ochko mavjud. “Verder” esa 33 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Bundesliga Bayer Xabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing