“Bavariya” futbolchilarining rafiqalari “Arsenal”ga qarshi o‘yin chiptalaridan quruq qoldi

Sport

image

“Bavariya” futbolchilarining rafiqalari “Arsenal” bilan o‘yinni stadionda tomosha qila olmaydi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Bunga muxlislarning xatti-harakati uchun “Bavariya”ga qo‘yilgan jazo sabab bo‘lmoqda. UEFA myunxenlik muxlislarni tribunada pirotexnika vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bir necha holatlar tufayli “Arsenal” bilan o‘yinga kirishini taqiqladi.

Jazo tufayli “Bavariya” chorak finalning birinchi o‘yini uchun minimal miqdorda chiptalarga ega bo‘ldi, biroq chiptalar klub rahbarlari va xodimlari hamda Tomas Tuxelning yordamchilariga taqdim etildi. Yozua Kimmix va Erik Dayer kabi futbolchilarning rafiqalari allaqachon Londonga uchib ketgan bo‘lsa ham, ular hali o‘yin chiptasiga ega emas. “Bavariya”ning boshqa futbolchilarining rafiqalari va qiz do‘stlari Myunxenda qoldi.

Qayd etilishicha, mazkur holatdan futbolchilar jiddiy norozi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Arsenal”-“Bavariya” bahsi 10 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing