“Bavariya” murabbiyligi uchun da’vogarlar e’lon qilindi. Zidan ular orasida yo‘q

Sport

image

“Bavariya” bosh murabbiylik uchun Zinedin Zidan nomzodini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.

Germaniya nashrlari myunxenliklar klubi 51 yoshli mutaxassis xizmatlariga qiziqish bildirayotgani bilan bog‘liq xabarlar tarqatdi, biroq fransiyalik mutaxassisning klub postiga kelishi haqiqatdan yiroq. Shuningdek, germaniyalik Ralf Rangnik ham klubning short-listida yo‘q.

Klub murabbiyligi uchun asosiy nomzod Yulian Nagelsmann hisoblanadi. Roberto De Zerbi yoki Unai Emeri zaxira varianti sifatida ko‘rilmoqda.

Amaldagi bosh murabbiy Tomas Tuxel yozda “Bavariya”ni tark etadi. Nemis mutaxassisi bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olgan.

29-turdan keyin “Bavariya” 63 ochko bilan Germaniya chempionatida 2-o‘rinda bormoqda. 79 ochko bilan “Bayer” allaqachon Bundesligada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing