Men o‘z xalqimga dushman emasman – Lukashenko

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko uning Prezidentligi masalasi faqatgina saylovlarda hal qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda "BelTA" xabar bergan. 

"Men mamlakatda tinchlik bo‘lishini xohlayman. Menimcha, sizga ham shu narsa kerak. Agar sizga amaldagi Prezident yoqmasa, unda faqat saylovlar bu masalaga yechim bo‘lishi mumkin. Faqat saylovlar. Kimgadir yoqmasa ham, men shunday deyman", degan davlat rahbari Minskdagi "Gorizont" zavodiga tashrifi chog‘ida. 

Shuningdek, Lukashenko 2021 yilni “Milliy birlik yili” deb e’lon qilishi sababini ham tushuntirgan. 

"Men buni kimgadir nimanidir isbotlash uchun qilmaganimni tasdiqlamoqchiman. Menimcha, bu orqali odamlar mening o‘z xalqimga dushman emasligimni tushunishadi", degan Lukashenko. 

Lukashenko Belarus xalqini qonunni buzmaslikka va ishlab chiqarishni rivojlantirib, har kimni o‘zi emas, avvalo farzandlari haqida o‘ylashga chaqirgan. 

Hukumatning muxoliflari haqida esa Lukashenko "ular ozchilik bo‘lsa ham, qanchalik achinarli bo‘lmasin, ular mening xalqim", degan.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda ketma-ket beshinchi oy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular Respublika Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb e’lon qilganidan keyin boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing