Men uchun Usikning zarbalar seriyasini buzish muhimroq – Joshua

Sport

image

WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni, britaniyalik Entoni Joshua ukrainalik Oleksandr Usikka qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bellashuv joriy yilning 25 sentyabr kuni Londondagi “Tottenxem” stadionida o‘tkaziladi.

“25 sentyabr boks ahli va muxlislar uchun esda qolarli kun bo‘ladi. Men hali ham boks sohasida sodir bo‘layotgan voqealardan hayratdaman. Usikni mag‘lub etishini istayman. U juda kuchli raqib. Hozirda 15 raund davomida sparring janglarini o‘tkazyapman. Men uchun Usikni bitta zarbada yiqitish emas, uning zarbalar seriyasini buzish muhimroq”, deydi Joshua.

Entoni Joshua ham 2013 yildan buyon prof boksda faoliyat yuritadi. Uning hisobida 25 jangdan so‘ng 24 g‘alaba mavjud (22 nokaut). Bitta bellashuvda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. U so‘nggi bor 2020 yilning 12 dekabr kuni bolgariyalik Kubrat Pulevni nokautga uchratgan. 

Oleksandr Usik ham 2013 yildan buyon professional boksda ishtirok etib keladi. Usik birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgach, barcha kamarlaridan voz kechib, superog‘ir vazn toifasiga o‘tdi. So‘nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida o‘tkazib, britaniyalik Derek Chisorani ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Aleksandr faoliyati davomi 18 ta bahsning barchasida g‘alabaga erishgan (shundan 13 nokaut).

Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilgi London Olimpiadasida Oleksandr Usik og‘ir, Entoni Joshua esa superog‘ir vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Entoni Joshua IBF WBO Oleksandr Usik “Tottenxem” stadioni

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing