Men Trampdan ham mashhurroqman – Ronaldu
Sport
−
06 noyabr 23618 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu AQSH Prezidenti Donald Trampdan ham mashhurroq ekanini aytdi. Bu haqda u o‘zining You tube kanalida jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Al-Nasr” klubi hujumchisi o‘zini dunyodagi eng mashhur inson deb atagan. 40 yoshli futbolchi, shuningdek, Donald Tramp bilan uchrashishni istashini ham bildirgan.
“Donald Tramp dunyoni o‘zgartirishga yordam bera oladi. Men u bilan uchrashishni istardim. Unga bizda o‘xshashliklar borligini aytgan bo‘lardim, ammo bu haqda intervyuda gapira olmayman.
Men Donald Trampdan ham mashhurroqman, men dunyodagi eng mashhur insonman. Mendan mashhurroq biror kishini ayta olasizmi?” deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Joriy mavsumda esa Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Nasr” 7 uchrashuvda 21 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinni 18 ochkoga ega “Al-Taavun” egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozda Ronaldu Trampga shaxsiy imzosi qo‘yilgan futbolkasini sovg‘a qilgan edi. Futbolkani Yevropa Kengashi prezidenti, portugaliyalik Antoniu Koshta G7 sammiti o‘tayotgan Kananaskis shaharchasida (Kanada) Trampga topshirgan.
Live
Barchasi