Men siyosatda o‘yin qilmayman — Lukashenko 

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zini siyosat bilan o‘ynashmaydigan va suverenitet uchun xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda o‘limgacha turadigan tinchlikparvar odam deb atadi. Bu haqda “BelTA” xabar bergan.  

“Men mutlaqo tinchlikparvar odamman, lekin orqaga chekinsam, qayerdadir qaltirasam, ayniqsa siyosatda o‘yin qilsam va mamlakat qulab tushsa, siz meni hech qachon kechirmaysiz. Shu sababli, meni bu bolalar (xavfsizlik xizmati xodimlari — tahr.) bilan o‘limga qadar turishdan boshqa ilojim yo‘q. Bu bizning ishimiz”, degan Belarus rahbari. 

Shuningdek, Prezidentga ko‘ra, qator xorijiy ekspertlar Belarus geosiyosiy hodisa sifatida rangli inqiloblarga chek qo‘ygan, deb hisoblamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda bitiruvchilarning respublika balining ochilishida mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining kelajakdagi vorisiga murojaat qilgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi. 

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing