Men Putinning piyodasiman – Qodirov tanqidchilarga javob berdi
Olam
−
09 aprel 2020
13729Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda uning koronavirusga qarshi ko‘rayotgan choralarini tanqid qilganlarga javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Tugmali qahramonlar”ga murojaat qilyapman: agar men biror narsa desam va qilsam, respublika manfaati uchun qilinayotgan bo‘ladi... Bizni o‘z holimizga qo‘ying.
Men Putinning piyodasiman. Siz kimsiz? Qanday mamlakatda yashayapsiz, sizning bolalaringiz qayerda ishlayapti, maosh, pensiya, nafaqa olyapti? Bularning barini sizga davlat va Prezident beryapti... Huddi alohida davlatda yashayotgandek, huddi sizda Rossiya bayrog‘i emas”, degan Qodirov.
Gap shundaki, Ramzan Qodirov koronavirus infeksiyasiga qarshi choralar doirasida Chechenistonga kirish va chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Faqatgina dori-darmon va oziq-ovqat olib kirishga ruxsat berildi.
Shundan so‘ng, RF Prezidenti Vladimir Putin mamlakat sub’ektlari o‘z xohishi bilan chegaralarni yopishi mumkinmasligini aytib chiqdi. Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda Qodirov muhokamalar markazida qoldi.
LiveBarchasi