Men Prezident bo‘lsam, AQSH elchixonasi Quddusda qoladi – Bayden

Olam

image

Jo Bayden AQSHning keyingi Prezidenti bo‘lsa mamlakatning Isroildagi elchixonasi Quddus shahrida qoladi. Bu haqda kecha, 29 aprel kuni siyosatchi telekonferensiya orqali o‘z tarafdorlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

“Bu allaqachon bajarilgan ish. Men elchixonani Tel-Avivga qaytarmayman“, deydi Bayden.

Shu bilan birga, sobiq vitse-prezident AQSHning diplomatik vakolatxonasini Quddusda qolishi xalqaro vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerakligini ta’kidladi. Bu gaplarni aytar ekan, Bayden, aslida, AQSH Prezidenti Donald Trampning elchixonani bahsli shaharga ko‘chirish qarorini ma’qullamasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Vashington 2017 yilda Isroil poytaxtini Quddus deb tan olib u yerga elchixonani ko‘chirgandi. Trampning qarori bilan amalga oshirilgan bu harakat dunyoning bir qancha davlatlari tomonidan salbiy kayfiyatda kutib olingan. Shuningdek, Isroil-Falastin mojarosini yanada chuqurlashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Quddus Jo Bayden Isroil-Falastin mojarosi

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing