Men potensiali yuqori bo‘lgan jamoaga egaman – Kannavaro
Sport
−
11 dekabr 3655 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy oldi. O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ushbu o‘yinlar oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldik. Bu – futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo‘ladi. Bosh murabbiy sifatida men o‘z vazifamni mas’uliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi. Guruhimizda FIFA reytingining TOP-20 ligiga kirgan ikki kuchli raqib bor. Shu bois, har bir o‘yin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan, potensiali yuqori bo‘lgan jamoaga egaman. O‘zbekiston – oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o‘zbek xalqining eng muhim fazilati”, deydi Fabio Kannavaro.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatini 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi.
Live
Barchasi