Bu iflos merosni avlodlarga hisob-kitobsiz qoldirishga qarshiman – Emina Erdo‘g‘an
Olam
−
16 noyabr 2023
14770Kech qoldik. “Qo‘rqma, yaqinda o‘lamiz”, deb aka-ukalariga tasalli berayotgan, tobutdan xavfsizroq joyni bilmaydigan bolalar uchun kech qoldik. “Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan?” degan savolga “Biz katta bo‘lmaymiz” deb javob bergan bolalar uchun juda kechikdik. Biz bugun bombalardan qochish, yaradorlarni zambilda ko‘tarish, vayronalar qazish va shahid bolalarni xotirlash uchun yig‘ilganimiz yo‘q. Bugun shu yerda ekanmiz, demak biz “ammo” va “nega”larsiz sulh talab qilamiz. Bu gaplarni kecha, 15 noyabr kuni dunyo davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlarining rafiqalarini Istanbulga to‘plab, “Falastin uchun yagona yurak” sammitini tashkil etgan Turkiya Prezidentining rafiqasi Emina Erdo‘g‘an o‘z nutqida aytib o‘tdi.
“Xayolimga hamma narsa kelishi mumkin edi, lekin bir kun kelib urushlarda noma’lum askarlar uchun qo‘llaniladigan "noma’lum askar" tushunchasini bolalar uchun ishlatamiz, deb hech o‘ylamagandim”, deydi Emina Erdo‘g‘an.
Birinchi xonim Erdo‘g‘an, tarix davomida boshdan kechirgan dahshatli qurbonlik tufayli o‘zi uchun xalqaro qonuniylik maydonini ochgan davlat (Isroil), ularga nisbatan his etilgan aybdorlik psixologiyasi bilan o‘nlab yillar davomida erkalab kelayotgan xalqaro tizimning so‘nggi 40 kun ichida qanday yirtqich hayvonga aylanganiga guvoh bo‘linayotganini bildirdi.
“Ash-Shifa” shifoxonasida ishlaydigan shifokor, “Eng og‘iri, qurbon bo‘lgan norasidaning tanasiga “noma’lum bola” deb yozishdir”, dedi. Bu G‘azo bolalarining dahshatini ifoda etmoqda. G‘azo – bugun noma’lum bolalar shahri. Men ona, ayol, inson sifatida bunday iflos merosni keyingi avlodlarga hisob-kitobsiz qoldirishdan bosh tortaman. Men Isroil davlatining barcha tegishli a’zolarini sodir etgan barcha urush jinoyatlari uchun Xalqaro jinoiy sudga tortishlarini talab qilaman.
Falastindagi bugungi post-modern holokost (yahudiylarning ta’qib qilinishi va ommaviy qirg‘in qilinishi – 1933—1945 yillar – tahr.) o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqining ko‘rinishi deb da’vo qilganlar ham xuddi shunday javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblayman. Endi hech kim bu kulgili gaplar bilan dunyoning vijdonli odamlarini ahmoq qilmasligi kerak”, deydi Turkiya birinchi xonimi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda bo‘lib o‘tgan sammitda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir, Senegal Prezidenti Maki Saning rafiqasi Mariyeme Faye Sall, Malayziya qirolichasi Tunku Aziza Aminah Maymunah Iskandariya, O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva, Kongo Respublikasi Prezidentining rafiqasi Antuanetta Sassu-Ngesso, Bangladesh Prezidentining rafiqasi Rebeka Sultona, Bosniya i Gersegovina Prezidentlik kengashining xorvat a’zosi Jelko Komshichning rafiqasi Sabina Komshich, Livan Bosh vazirining rafiqasi May Mikati, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri Hamza Yusufning rafiqasi Nadiya Al-Nakla, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybening rafiqasi Omina Ali Muhammad Al-Shavush Al-Dilaviy, Falastin maxsus vakili Ferial Kamel Abdalrahmon Salim, Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid an-Nahyonning rafiqasi Shayxa Alyazia bint Saif Al Nahayon, Misr rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Hala Alsaid va turkmanistonlik diplomat Chinor Rustamova ishtirok etdi.
LiveBarchasi