Men Bellingemning muxlisiman – Vinisius Junior
Sport
−
15 may 2024 4072 1 daqiqa
“Real” hujumchisi Vinisius Junior Jud Bellingemni Madrid klubiga olib kelishiga yordam berganini aytdi.
La Liganing 36-turida “Real” “Alaves”ni mag‘lub etdi (5:0). Vinisius dubl qayd etdi, Bellingem esa bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
“Judaning “Real”ga o‘tishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Men uning ashaddiy muxlisiman. Umid qilamanki, u La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ladi. Men unga bu borada yordam bermoqchiman. Jud va men bir-birimizni yaxshi tushunamiz”, deydi Vinisius
Ispaniya chempionati tugashiga ikki tur qolganida Bellingem “Vilyarreal”dan Aleksandr Serlot bilan birga La Liga to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab turibdi. To‘purarlar poygasi peshqadami “Jirona” hujumchisi Artyom Dovbik bo‘lib turibdi. Uning hisobida 20 ta gol mavjud.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr