Men hali ham “Arsenal” yo‘qolib ketmasligiga ishonaman — Gari Lineker

Sport

image

Kecha, 13 avgust kuni Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Angliya Premer ligasi yangi mavsumining ochilish o‘yinida “Arsenal” klubining musobaqa debyutanti “Brentford”dan uchralgan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.

“Men hali ham “Arsenal” yo‘qolib ketmasligiga ishonaman”, deya yozgan Lineker o‘z tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 2:0 hisobida “Brentford” foydasiga hal bo‘ldi. “Arsenal” mavsum startini omadsiz boshladi va 45 yillik an’ana o‘z yakuniga yetdi. Gap shundaki, “To‘pchilar” APL 1-turida so‘nggi bor 1976-77 yilgi mavsumda “Bristol Siti”ga mag‘lub bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, “Brentford” o‘tgan mavsum Chempionshipda (quyi liga) ishtirok etgan va Premer Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. “Arsenal” esa APL turnir jadvalini 8-o‘rinda yakunlab, hatto Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqinidan ham mahrum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Brentford Gari Lineker

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing