Meloni jazoirlik bokschining Olimpiadada qatnashishiga e’tiroz bildirdi
Sport
−
02 avgust
18549Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni jazoirlik bokschi Iman Xelifning 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashishiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Italiyaning ANSA agentligi xabar berdi.
“Menimcha, erkak genetik xususiyatlariga ega sportchilar ayollar musobaqalariga qabul qilinmasligi kerak. Biz hech kimni kamsitmoqchi emasmiz, balki ayol sportchilarning teng shartlarda musobaqalashish huquqini himoya qilishni so‘rab qolamiz”, deb izoh bergan Meloni.
Qayd etish joiz, italiyalik bokschi Anjela Karini Olimpiadadagi jazoirlik raqibi Iman Xelifga qarshi kechgan uchrashuvda 46 soniyadan so‘ng bahsni tark etgan. Xelif bergan zarbadan so‘ng Karini burni sinishidan qo‘rqib orqaga chekinganini e’lon qilgandi.
BBC bilan suhbatda Xelif oltin medalni qo‘lga kiritish uchun kelganini aytgan.
Xelif Olimpiadada gender muvofiqlik testidan o‘tgan 2 ta bokschidan biri edi. U Nyu-Dehlidagi ayollar muvofiqlik testidan o‘ta olmagani uchun Jahon chempionatidan diskvalifikatsiya qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 avgust kuni Olimpiadaning navbatdagi kun bahslarida o‘zbekistonlik bokschi qiz Sitora Turdibekova musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi. Turdibekovaga Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tin raqiblik qiladi.
Zumrad Zaripova