Meliqo‘ziyevda Rosadodan revansh olish imkoniyati paydo bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi tasdiqlandi. Supero‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Meliqo‘ziyev sobiq raqibi, meksikalik Gabriyel Rosadoga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Ushbu jang joriy yilning 22 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenasida o‘tkaziladi. Ma’lumki, o‘zbekistonlik bokschi profboksdagi yagona mag‘lubiyatini aynan Rosadodan qabul qilgan.

22 aprel kunidagi boks oqshomi Premier Boxing Championship promouteri tomonidan tashkil etilmoqda. Turnir doirasida yengil vazn toifasi vakillari — Jervonta Devis va Rayan Garsiya ham jang o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda umumiy 11 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning 10 tasida zafar quchgan. Rosado esa 26 ta jangda g‘olib bo‘lgan, 16 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan. Rosado ishtirokidagi 1 ta to‘qnashuvda durang qayd etilgan.

Meliqo‘ziyev profboksdagi oxirgi jangini amerikalik Ulises Siyerraga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Gabriyel Rosado esa so‘ngi jangida qozog‘istonlik Ali Ahmedovga imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev Gabriel' Rosado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing