Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarini AQSHda davom ettiradi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyat olib boryotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev bugun, 4 iyun tongida navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Meliqo‘ziyev oxirgi jangini 23 aprel kuni amerikalik 37 yoshli Gabriyel Rosadoga qarshi o‘tkazib, revansh maqomidagi to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal qilgandi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli o‘zbekistonlik professional bokschi faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, 12 tasida g‘alabaga erishgan. G‘alabalarining 9 tasi muddatidan oldin qayd etilgan. Shuningdek, uning hisobida bitta chuqur nokautli mag‘lubiyat ham bor.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Professional boks Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing