Meliqo‘ziyev ishtirok etadigan jangning promo roligi e’lon qilindi (video)
Sport
−
30 aprel 7103 1 daqiqa
Avvalroq, o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Daryus Fulxumga qarshi o‘tkazishi xabar qilingandi.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun eliminator maqomida o‘tkaziladigan jangning promo roligi e’lon qilindi.
Video dinamik tempda bo‘lib, lavhalarda ikkala bokschining profringdagi yorqin faoliyati va mashg‘ulot jarayonlari aks etgan.
Qayd etish joiz, jang 30 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus esa 14 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi