XTV: Namanganda 54 maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilinganini tekshiryapti
Jamiyat
−
03 iyul 2019
4087Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida maktablar o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani va beton quyishga olib chiqilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy axborot berib, Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
“Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va Telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.
LiveBarchasi