Melaniya Tramp Oq uyga robot olib bordi (video)
Olam
−
26 mart 2031 2 daqiqa
Joriy yilning 24 mart kuni Oq uyning siyosatchilar, xorijiy arboblar, urush qahramonlari va elita vakillari kutib olinadigan afsonaviy Sharqiy zaliga AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp tomonidan yangi gumanoid robot olib borildi. Robot Melaniya uchun “maxsus nutq”ini taqdim etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan robot yig‘ilganlarga qarata murojaat qilgan.
“Birinchi xonim Melaniya Tramp, meni Oq uyga taklif qilganingiz uchun rahmat. Men bolalarga texnologiyadan ta’lim berish orqali tarixiy jarayonning bir qismiga aylanishimdan xursandman”, deydi u.
Dunyoning turli burchaklaridan Oq uyga tashrif buyurgan mehmonlar va yirik texnologik kompaniya vakillari “yangi mehmon”ning noodatiy ravon nutqidan hayratda qolganliklarini aytgan va u bilan suratga tushgan.
“To‘g‘risini aytganda, sen mening Oq uydagi birinchi amerikalik gumanoid robotimsan”, deb javob qaytargan birinchi xonim.
Robotga “Ob’ekt 3“ (Figure 3) deya nom berilgan. U Figure sun’iy intellekt robototexnika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
CNN muxbira Betsi Kleynning yozishicha, “Ob’ekt 3” 11 ta tilda nuqsonsiz talaffuz bilan o‘zini tanishtirib, zalda “tentaklarcha” yurish qilgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa bu lahzalar texnologiyalar va insoniyat uchun burilish nuqtasi ekanligini ta’kidlab, Yer muhiti odamlar uchun mo‘ljallangani sababli gumanoid robotlar hayotga mos ravishda harakatlanish va ishlashga juda mos kelishini aytgan. Shuningdek, Oq uy rahbari “Ob’ekt 3”ga o‘xshash “aqlli robotlar”ni Amerika maktablarida ham joriy qilishni taklif qilgan.
Live
Barchasi