Melanya yana Trampni noqulay ahvolga soldi (video)

Olam

AQSH Prezidenti Donald Trampning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Melanya Tramp samolyotdan trapidan tushish vaqtida turmush o‘rtog‘ining qo‘lini ushlashni rad etib, uning qo‘lini siltab tashladi. Ushbu holat kameralar xotirasiga muhrlandi. 

Mahalliy OAVda bu holat Bedminsterdan Vashingtonga qaytish vaqtida tasvirga olingani aytilmoqda. 

Samolyot trapidan tushayotganda Tramp Melanyaning bilagidan ushlashga harakat qiladi, lekin u qo‘lini olib qochadi.

Bu oila bilan bog‘liq birinchi holat emas. Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i bilan 2017 yilda  Isroil va Italiyaga tashrifi chog‘ida ham o‘zini shunday tutgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, ular 2005 yilda turmush qurishgan. 15 yildan buyon bir oila bo‘lib yashab kelayotgan Donald Tramp va Melanya Tramp o‘rtasida 24 yosh farq bor. Melanya shu yil 50 yoshni qarshiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Melan'ya Tramp

Baholaganlar

1534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing