Meksikadan 8 ming yillik flamingo tuxumi topildi
Bu qiziq
−
05 avgust 2023
7727Meksika milliy antropologiya va tarix instituti mutaxassislari Mexiko shahrining Santa-Lyusiya munitsipalitetidagi “Felipe Angeles” xalqaro aeroport qurilish maydonida 8-12 ming yillik toshga aylangan flamingo tuxumini topdi. Bu haqda TACC xabar berdi.
“Milliy antropologiya va tarix instituti (INAH) “Felipe Angeles” xalqaro aeroporti qurilishi chog‘ida topilgan, yoshi 8-12 ming yil orasida bo‘lgan flamingo qazilma tuxumini o‘rganish natijalarini e’lon qildi”, deyiladi institut bayonotida.
Tuxumning shakli cho‘zinchoq, dog‘siz bo‘lib, uzunligi qariyb 10 santimetrni, maksimal kengligi esa 5,5 santimetrni tashkil qiladi.Tuxum gil tuproq qatlamida 31 sm chuqurlikdan topilgan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, flamingolarning zamonaviy turlari Janubiy Amerika, Karib dengizi va Yukatan yarim orolida tarqalgan va AQSHda Florida shtatida va Meksika ko‘rfazining shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan.
“Santa-Lyusiyada tuxumning topilishi flamingolar Markaziy Meksikaning ko‘l landshaftlarining bir qismi bo‘lganligini va bu ko‘llar, ehtimol, muzlik va vulqon faolligi tufayli yuzaga kelgan o‘zgarishlarga duch kelganligini tasdiqlaydi”, deydi mutaxassislar.
LiveBarchasi