Meksikada yana bir mer otib ketildi

Olam

image

Meksikaning San-Luis-Potosi shtatidagi Tankanuits de Santos munitsipaliteti meri Xesus Franko Larraga noma’lum shaxslar tomonidan qurolli hujumda otib o‘ldirildi. Bu haqda “Universal” nashri xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, hujum kecha, 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Mer va yana uch kishi bo‘lgan avtomobil Tamasunchale va Syudad-Vales shaharlari orasidagi yo‘lda harakatlanayotganda qurollangan noma’lum shaxslar transport vositasiga o‘q uzgan. 

“Qurollangan noma’lum shaxslar transport vositasiga o‘q otib, Tankanuits meri Xesus Franko Larraga va u bilan birga bo‘lgan yana uch kishini o‘ldirdi", deyiladi xabarda.

Voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib borib, hududni o‘rab olgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “Morena” partiyasidan bo‘lgan Xesus Franko Larraga iyun oyida mer etib saylangan.

Manbalarga ko‘ra, oktyabr oyida Milliy gvardiya Tankanuits de Santosda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazib, kamida olti nafar politsiyachini qo‘lga olgan. Ular o‘z holatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan va qurol olib yurish huquqiga ega emasligi aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Meksikaning Chilpansingo-de-los-Bravo shahrining meri Alexandro Arkos deyarli o‘z lavozimiga kirganidan bir hafta o‘tib o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika mer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing