Meksikada ommaviy qirg‘in uyushtirildi
Olam
−
28 fevral 2021
12063Meksikaning Xalisko shtatidagi qurolli hujum natijasida 11 kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohatlandi. Hozirda mintaqaviy prokuratura surishtiruv boshlagan.
“Emiliano Sapata ko‘chasining chetida o‘qotar quroldan jarohatlanib, halok bo‘lgan 10 kishining jasadi topildi. Bundan tashqari, uyda ham jonsiz odam tanasi bo‘lgan. Katta ehtimol bilan voyaga yetmagan. Uning tanasida ham o‘qotar qurol bilan yetkazilgan jarohatlar bor”, deyiladi Xalisko shtati prokuraturasi xabarida.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, yani ikki kishi – ayol va bola o‘qotar quroldan jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shtat prokuraturasi ommaviy qirg‘in bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, uchta mashinadagi qurollar odamlar yo‘l chetida spirtli ichimlik ichgan odamlarga qarata o‘q uzgan, keyin voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa joyida kuch tuzilmalarining operatsiyasi o‘tkazilyapti.
LiveBarchasi