Meksikada neft-gaz platformasi portlab ketdi (video)

Olam

image

Meksikaning Pemex neft-gaz platformasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Korporatsiyaning Twitter'dagi sahifasida yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir necha xodim bedarak yo‘qolgan.

"Pemex kompaniyasida xavfsizlik ustuvor hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nohoch-A platformasida ertalab sodir bo‘lgan portlash oqibatida xodimlardan bir nechtasi bedarak yo‘qolgan. Afsuski, ob’ektda ishlagan ishchilardan ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi bedarak yo‘qoldi”, deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida.

Dastlab kompaniya Matbuot xizmati Meksikaning Pemex neft-gaz korporatsiyasining mamlakat ko‘rfazidagi platformalarida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi jabrlangani haqida xabar bergan. Bungacha Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador offshor platformadagi hodisa oqibatida uch yoki to‘rt odam bedarak yo‘qolganini aytib chiqqandi. Kompaniya bu ma’lumotni tasdiqlamagan, biroq 328 xodimdan 321 nafari platformalardan evakuatsiya qilinganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing