Meksikada metro ko‘prigi quladi. 15 kishi qurbon bo‘ldi (video)

Olam

image

Meksikada metro ko‘prigi yurib ketayotgan poyezd bilan birga qulab tushdi. Voqea videokuzatuv kamerasiga muxrlandi. 

Kadrlarda metro ko‘prigining bir qismi va u bo‘ylab ketayotgan poyezd qanday qilib qulab tushayotgani tasvirlangan. 

Hodisa shaharning janubi-sharqida, Olivos va Tesonko stansiyalari hududida sodir bo‘lgan. 

Voqea joyiga tez yordam mashinalari, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar hamda Mexiko shahri meri yetib kelgan. 

Rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea natijasida 15 kishi vafot etgan, 70 ga yaqin kishi jarohat olgan, 34 kishi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

metro Meksika ko'prik

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing