Meksikada mer xalq oldida otib o‘ldirildi
Olam
−
03 noyabr 17561 2 daqiqa
Joriy yilning 1 noyabr kuni Meksikada vafot etganlarni xotirlash marosimi arafasida bir guruh jinoyatchilar mamlakatning Uruapan shahri meri Karlos Manzoga o‘q uzdi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marosim bo‘layotgan tunda shahar maydonida besh marta o‘q uzilgan va hamma yashirinishga uringan. Qo‘lida yosh bolani ko‘tarib turgan merga ham o‘q tekkan va bir necha daqiqadan so‘ng u shifoxonada vafot etgan. Federal xavfsizlik vazirligi xabariga ko‘ra, hujum qilganlikda gumon qilinganlardan biri o‘ldirilgan, yana ikki kishi hibsga olingan.
Qayd etilishicha, Manzo mintaqadagi boshqa rahbarlar singari, jinoyatchilikka qarshi chiqib, shtat va federal hukumatdan ko‘proq yordam talab qilgan. U bu yil mamlakatda o‘ldirilgan oltinchi merdir.
Kecha, 2 noyabr kuni Xavfsizlik mahkamasining favqulodda yig‘ilishida rasmiylar hujumni qoralagan va mamlakatda xavfsizlik choralarini kuchaytirish taklif qilingan. Shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati kotibi Omar Garsiya merning o‘limi yuzasidan tergov boshlangani ma’lum qilgan.
“Guvohlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda, hududdagi maishiy savdo do‘konlaridan video tasvirlar so‘ralmoqda. merning hayotiga zomin bo‘lganlar ayalmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan kotib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 1990 yildan buyon turli davlat lavozimlarida ishlagan Yerjan Boboqumarov kaltaklab o‘ldirilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi