Meksikada qurollangan guruh tomonidan 24 kishi o‘qqa tutildi

Olam

image

Meksikaning Guanaxuato shahrida qurollangan jinoyatchilarning reabilitatsiya markaziga hujumi natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi.

"Politico" ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nlab o‘lim holati mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan. Yana yetti kishi jarohatlangan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hujum qilganlar markazga mashinada kelgan, ular ichidan turib odamlarga qarata o‘t ochishni boshlagan.

Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchilar mashinada yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan. Ushbu xunrezlik sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing