Meksikada futbol o‘yini vaqtida 11 kishi otib o‘ldirildi (video)
Olam
−
27 yanvar 10036 1 daqiqa
Meksikaning Guanaxuato shtatiga qarashli Salamanka shahrida futbol o‘yini vaqtida yuz bergan otishma oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Quinta Fuerza” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa 25 yanvar kuni “Campos de las Cabañas” stadionida sodir bo‘lgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, ikkita qurollangan shaxs stadionga yaqinlashib, atrofdagilarga tartibsiz ravishda o‘q uza boshlagan. Otishma paytida ayollar va bolalar ham bo‘lgan. Hodisa bir necha daqiqa davom etgan, voqea joyidan qariyb 100 ta o‘q donasi topilgan.
Tibbiyot xodimlari 10 kishining voqea joyida vafot etganini tasdiqlagan. Yana bir jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Hujumchilar esa voqea joyidan qochib ketgan.
Hozircha gumondorlarning shaxsi va hujum sabablari aniqlanmagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa bo‘yicha tergov olib bormoqda.
“Hujum bir necha daqiqa davom etdi. Shu bilan birga, o‘q ovozi shunchalik baland ediki, uni stadiondan 15 km uzoqlikda ham eshitish mumkin edi. Jinoyatchilar noma’lum yo‘nalishda qochib ketdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Burundi chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Gepe dyu Lak” klubi futbolchisi Igiraneza Ayme Gerik o‘yin vaqtida fojiali tarzda vafot etgandi.
Live
Barchasi