Afrikalik futbolchi o‘yin vaqtida tangaga bo‘g‘ilib vafot etdi (video)

Sport

image

Burundi chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Gepe dyu Lak” klubi futbolchisi Igiraneza Ayme Gerik o‘yin vaqtida fojiali tarzda vafot etdi. Bu haqda “Sport News Africa” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea joriy yilning 20 dekabr kuni Ngaraga shahrida bo‘lib o‘tgan Burundi B ligasi uchrashuvi chog‘ida sodir bo‘lgan. Gerik o‘yin davomida to‘satdan maydonda hushidan ketgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordamga qaramay, futbolchi shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Manbada ta’kidlanishicha, futbolchining o‘limiga uning og‘zida bo‘lgan va tasodifan yutib yuborgan tanga sabab bo‘lgan. Ushbu tanga omad keltirishiga ishonilgan. Shu sababdan futbolchi tangani og‘ziga solgan holda o‘yinda harakat qilgan.

Burundi futbol federatsiyasi futbolchining oilasi va klubiga hamdardlik bildirib, rasmiy bayonotda o‘lim sababiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Shtutgart” jamoasining sobiq germaniyalik futbolchisi Sebastyan Xertner Chernogoriyadagi chang‘i kurortida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 34 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika vafot etdi futbolchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing