Meksikada chaqmoq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
20 Sentabr 2023
4637Ijtimoiy tarmoqlarda sohil bo‘yidagi odamlarni chaqmoq urgani tasvirlangan videolar tarqaldi. “The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, fojia Tinch okeanining markaziy sohilida, Meksikaning Michoakan shtatidagi “Playa Maruata” nomli plyajida yuz bergan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Guanaxuato shtatida yashovchi 33 yoshli ayol shu paytning o‘zida jon bergan bo‘lsa, asli Kolima shtatidan bo‘lgan sotuvchi erkak shifoxonaga yetkazilganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yana bir odam jarohat olgan, ammo unga shifoxonadagi davo muolajalaridan so‘ng o‘sha kuniyoq uyiga javob berilgan.
Mazkur kadrlar birinchi marta kecha, 19 sentyabr kuni tarmoqlarda sizdirilgan bo‘lishiga qaramay, fojia o‘tgan hafta, 15 sentyabr kuni sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni Hindistonning sharqiy qismidagi Odisha shtatida ikki soat ichida yerga 61 mingdan ortiq chaqmoq urilgan edi. Ushbu hodisa oqibatida esa 12 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi esa jarohatlangan.
LiveBarchasi