Meksikada bardagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
10 noyabr
3267Kecha, 9 noyabr kuni kechqurun Meksikaning Keretaro shahridagi Los Cantaritos barida to‘rt kishi mijozga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Mahalliy jamoat xavfsizligi departamenti rahbari Xuan Luis Ferruskaning aytishicha, erkaklar uzun qurollar bilan qurollangan va mashinada yetib kelgan.
Otishmada yetti erkak va uch ayol halok bo‘ldi, kamida yetti kishi yaralandi. Gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olingan, ular ketayotgan mashina yonib ketgan va yaqin atrofga tashlab ketilgan holda topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Tel-Aviv shahri Yaffa hududida otishma va pichoqli hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi, 10 kishi yaralangandi. “The Guardian” nashriga ko‘ra, Eron Isroilga yirik raketa hujumini uyushtirishidan bir necha daqiqa oldin ikki erkak poyezdda va unga yaqin bo‘lgan ko‘chada o‘t ochib, odamlarni pichoqlab, otib o‘ldirgan.