Meksikada 60 ga yaqin odam tiriklay ko‘milgan qabr topildi

Olam

image

Meksika huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Guanaxuato shtatidagi Salvaterra munitsipalitetida 59 kishining jasadi yashirin ko‘milgan joyni aniqlashdi. Bu haqda bedarak yo‘qolganlarni qidirish bo‘yicha milliy komissiya rahbari Karla Osuna Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

"Biz 59 ta jasad yashirin ko‘milgan joyni topdik. Qidiruv ishlarini davom ettiryapmiz. Gap mintaqada faoliyat yuritayotgan uyushgan jinoiy guruhlarning qurbonlari haqida ketmoqda.", dedi u.

2020 yilning yanvar oyiholatiga ko‘ra, Meksikada 61 mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. So‘nggi yillarda mamlakatda hukumatning jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlariga qaramay, zo‘ravonlik juda yuqori cho‘qqiga chiqdi. Aprel oyi oxirida respublika rahbari Andres Manuel Lopes Obrador xavfsizlik holatini o‘ta qiyin deb atab, hukumat uni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun faol ish olib borayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika jinoyatchilik

Baholaganlar

967

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing