Meksika JCHda Eronni qabul qilishga tayyor – Sheynbaum
Sport
−
11:10 565 1 daqiqa
Avvalroq, Eron FIFA bilan Jahon chempionati o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirish haqida muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi. Agar FIFA tegishli qaror qabul qilsa, Meksika Eron terma jamoasi o‘yinlarini o‘z hududida qabul qilishga tayyor. Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum ma’lum qildi.
Uning aytishicha, masala hozir FIFA bilan muhokama qilinmoqda va asosiy muammo logistika bilan bog‘liq.
“Meksika uchun hech qanday to‘siq yo‘q, bu shunchaki tashkiliy masala”, deydi Sheynbaum matbuot anjumanida.
Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj esa xavfsizlik sabab jamoa AQSHga bormasligini ta’kidlamoqda.
Bu qarorga AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlab bo‘lmasligi haqidagi bayonoti ham sabab bo‘lgan. Shuningdek, Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali ham geosiyosiy vaziyat tufayli jamoa AQSHda o‘ynay olmasligini aytgan.
Shu bilan birga, FIFA barcha ishtirokchi assotsiatsiyalar bilan aloqada ekanini va o‘yinlar tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishini kutayotganini ma’lum qildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Vindsor Jon esa Eron terma jamoasi hali ham Jahon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida Eron terma jamoasi “G” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi