Meksika Olimpiada mezbonligi uchun kurashdan chiqdi
Sport
−
18 yanvar
3017Meksika Olimpiya qo‘mitasi 2036 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish taklifidan voz kechdi. Bu haqda qo‘mita rahbari Mariya Xose Alkala ma’lum qildi.
“Olimpiadani o‘tkazish huquqi uchun raqobat juda kuchli va biz 2032 yilda o‘smirlar Olimpiadasini o‘tkazish uchun ariza bermoqchimiz, buning uchun bizda ajoyib imkoniyatlar mavjud", deydi Alkala.
Qayd etish joiz, Hindiston, Turkiya, Indoneziya va Polsha 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza topshirgan.
Ma’lumot uchun, 2028 yilgi Olimpiadaga Los-Anjeles, 2032 yilgi musobaqalarga esa Brisben shaharlari mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.