Meksika chegarasidagi migrantlar tezroq AQSHga o‘tib olishga urinmoqda – WSJ
Olam
−
15 noyabr
3307Noqonuniy tashuvchilar Meksika orqali AQSHga o‘tishni xohlayotgan migrantlarni Donald Tramp prezident lavozimga kirishishidan oldin buni amalga oshirishga undamoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, noqonuniy vositachilar bunday chaqiriqlarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatmoqda. Mexikodagi migrantlarga mo‘ljallangan boshpanalardan birining boshqaruvchisi Beatriz Fuentesga ko‘ra, odamlar AQSHdagi saylovlardan oldin muassasani tark etishni boshlagan.
“Ularga (AQSHning migratsiya siyosatida) mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish uchun shoshilish kerakligini aytishdi”, deydi u.
Nashrga ko‘ra, noqonuniy vositachilik biznesi aynan migratsion inqiroz davrida, chegaradagi odamlar oqimi ortgan paytlarda “ravnaq topadi”, aksincha, yangi migratsion qoidalar joriy etilgach pasayishni boshdan kechiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQSH tarixidagi eng katta deportatsiya chorasini amalga oshirish rejasini ma’lum qilgan edi. Xususan, u asosiy e’tiborini og‘ir jinoyatlar va giyohvandlikka aloqador jinoyatlar sodir etgan shaxslarni chiqarib yuborishga qaratishini bildirgan.
LiveBarchasi