Meksika-AQSH chegarasini bir kun ichida rekord miqdorda muhojirlar kesib o‘tdi

Olam

image

Meksikadan bir kun ichida 12,6 mingdan ortiq odam AQSH bilan chegarani kesib o‘tishga urindi, bu esa rekorddir. Bu haqda AQSH chegara xizmatidagi manbaga tayanib, “Fox News” telekanali xabar berdi.

Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, 18 dekabr kuni chegaradagi Igl Pass shahrida (Texas) 12,6 mingdan ortiq muhojir ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, yana minglab migrantlar Texas janubidagi Del Rio shahrida navbatini kutmoqda. “Fox News” manbasining aniqlik kiritishicha, 11 ming migrant chegarani noqonuniy kesib o‘tayotganda, 1,6 mingdan ortig‘i esa nazorat-o‘tkazish punktlarida qo‘lga olingan. Kecha, 19 dekabr kuni ertalab Chegara xizmati ob’ektlarining sig‘imi 260% ga oshirilgan.

18 dekabr kuni chegarachilar janubiy chegarada Arizona shtatining Tuson shahrida 3 mingdan ortiq odamni hibsga olgan. Chegara xizmatiga bosim shu darajada oshganki, gubernator Ketlin Xobbs Milliy gvardiyani yordamga yuborgan.

"Arizona Lyukvil o‘tish joyini qayta ochish, muhojirlar ko‘payishini bartaraf etish va chegara xavfsizligini ta’minlash uchun resurslar va odamlarga muhtoj", deydi gubernator.

Ma’lumot uchun, rasmiylar Igl dovonidagi xalqaro ko‘priklardan birida transport vositalarining o‘tishini to‘xtatgan. Bundan tashqari, San-Diyegodagi (Kaliforniya) piyodalar ko‘prigi va Lyukvildagi (Arizona) o‘tish joyi ishlamay qoldi.

Mahalliy matbuot Oq uy va AQSH Senati yaqin kunlarda mamlakat janubiy chegarasidagi migratsiya inqirozini hal qilish bo‘yicha kelishuv loyihasini taqdim etishi mumkinligi haqida yozmoqda. “The Wall Street Journal”ning xabar qilishicha, AQSH Kongressidagi bir qator senatorlar Ukrainaga yordam ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan Amerika chegarasini nazorat qilish bo‘yicha kelishuv 25 dekabrgacha kelishib olinishi va tuzilishiga shubha qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing