Medvedevning internetni “portlatgan” postiga izoh berildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning VKontakte sahifasiga buzib kirilgan, bu voqea bilan ijtimoiy tarmoq ma’muriyati va vakolatli organlar shug‘ullanmoqda. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni uning yordamchisi Oleg Osipov jurnalistlarga ma’lum qildi.

"VKda Dmitriy Anatolevich tomonidan nashr etilgan so‘nggi xabar harbiy dengizchilarni Harbiy dengiz floti kuni bilan tabriklashga bag‘ishlangan edi. Sahifani buzgan, masofaviy post yozgan va e’lon qilganlar bilan VK ma’muriyati va kerak bo‘lganlar shug‘ullanad”, deydi u.

Avvalroq siyosatchining akkauntida Sovet Ittifoqi parchalanishining kelib chiqishi va uning geosiyosiy oqibatlari haqida post paydo bo‘lgan edi. Unda Gruziya aslida Rossiyaga tarkibiga kirishi kerakligi, Qozog‘istonda ruslar genotsidi uyushtirilayotgani haqida so‘z borgan.

Bu buzg‘unchilik Medvedevning akkauntlariga qilingan birinchi hujum emas. 2013 yilda buzg‘unchilar uning VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga vaqtincha kirishga muvaffaq bo‘lishgan, 2014 yilda esa uning Twitter’dagi sahifasi buzib kirilgan. Siyosatchining Twitter akkauntiga navbatdagi hujum 2019 yilda sodir bo‘lgan. Bu barcha hollarda akkaunt ustidan nazorat zudlik bilan tiklangan.

Medvedev ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi. “VKontakte” sahifasidan tashqari uning Telegram kanali ham bor, u mart oyidan beri 670 000 dan ortiq obunachini to‘plagan.

Ilgari siyosatchi Instagram, Facebook kabi boshqa platformalardan faol foydalangan. Biroq mart oyidan boshlab Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari ushbu ijtimoiy tarmoqlardan “ularning rahbariyatining Rossiyaga qarshi pozitsiyasi” fonida foydalanishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

795

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing