“Krokus"da sodir etilgan teraktning homiysi Makron – Medvedev

Olam

image

Bugun, 6 aprel kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va boshqa qator G‘arb yetakchilari Rossiya Federatsiyasidagi teraktning homiylari ekanligini ma’lum qildi. 

Shuningdek, Medvedev voqeani Ukrainaga aloqador yollanma jangarilar uyushtirganini aytgan. 

“Makron va boshqa bir qator G‘arb yetakchilari ushbu dahshatli teraktning homiylari ekanligi aniq. Buning uchun uzr yo‘q. Va bundan buyon ular shunchaki Rossiyaning dushmani emas”, deb yozadi Medvedev.

Rossiyaning sobiq rahbariga ko‘ra, Fransiya Prezidentining “Bandera rejimi bilan yashirin amaliyotlar bo‘yicha sanksiyalari 22 martdagi teraktga sherik bo‘lishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev Fransiya va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv "uch milliard yevroga teng roman" ekanligini aytib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev Makron homiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing