Medvedev Britaniyani ogohlantirdi

Olam

image

Moskva Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi rasmiy harbiy kontingentini Rossiyaga qarshi urush e’lon qilish sifatida baholaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev kecha, 12 yanvar kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“Ularning (Britaniya) rasmiy harbiy kontingentini Ukrainaga joylashtirishi mamlakatimizga qarshi urush e’lon qilinishini anglatadi”, dedi u.

Ma’lumot uchun, kecha Kiyevga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda ikki davlat o‘rtasida tarixiy xavfsizlik shartnomasini imzolashini aytgan edi. O‘tgan yili Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida G7 davlatlari Kiyev uchun ikki tomonlama xavfsizlik kafolati bo‘yicha kelishib olgan. Buyuk Britaniya tegishli kelishuvni imzolagan birinchi davlat bo‘ldi. Shuningdek, bu Medvedevning G‘arbga nisbatan birinchi tahdidi emas.


Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning sobiq prezidenti joriy yilning 11 yanvar kuni Ukraina va G‘arbga yadro quroli bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Dmitriy Medvedev Rishi Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing