Medvedev Ukraina va Fransiya o‘rtasidagi kelishuvga noodatiy munosabat bildirdi
Olam
−
19 fevral
11949Fransiya va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv "uch milliard yevroga teng roman"dir. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Medvedev bildirgan munosabati ostida Ukraina bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan cho‘chqa tasviri, Fransiya ramzi bo‘lgan xo‘roz va xavfsizlik kafolatlari haqidagi hujjatni chop etgan.
"Fransiya o‘zining yangi juftiga qarshilik ko‘rsata olmadi: "amikoshon" (fransuz ami "do‘st" va cochon - "cho‘chqa") sevgining yangi kafolatlarini oldi. Biroq, bu roman fransuz fermerlari va Makronning boshqa qurbonlari tomonidan qadrlanishi dargumon. Qolaversa, bu sevgi uch milliard yevroga teng”, deya kinoya bilan post qoldirgan Rossiyaning sobiq rahbari.
Ta’kidlash joizki, 17 fevral kuni Myunxendan Parijga yo‘l olgan Zelenskiy Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni imzolagan edi.
LiveBarchasi