Medvedev Ukrainaning NATOga intilishi haqida: “Zelenskiy dunyoga Uchinchi jahon urushini taklif qilyapti”

Olam

image

Ukraina NATOga tezlikda a’zo bo‘lish haqida ariza topshirib, Uchinchi jahon urushini tezroq boshlashni so‘rayapti. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Prezident Vladimir Zelenskiyning alyansga a’zolik haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi.

“Bizda bayram. Ularda: qattiq narkotik, demensiya, surbetlik. Zelenskiy tezda NATOga qo‘shilishni xohlaydi. Ajoyib fikr. Shimoliy Atlantika ittifoqidan uchinchi jahon urushining boshlanishini tezlashtirishni yolvorib so‘rayapti”, deb yozgan Medvedev Telegram-kanalida.

Medvedev, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning Ukraina qurolini tashlasa, davlat sifatida yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratgan. Bunga javoban u aks holda ukrainaliklarning katta qismi yo‘q bo‘lib ketishini yozgan. Shu munosabat bilan Medvedev Stoltenbergni “bema’ni bola” deb atagan.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi haqida ma’lum qilib, tegishli arizani imzolash jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishgandi. Rasmiy Kiyev Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyati – Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojeni anneksiya qilgach, shunday bayonot bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing