Medvedev Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi oqibatlaridan ogohlantirdi

Olam

image

Shvetsiya va Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiyaning rasmiy ro‘yxatga olingan raqiblari ro‘yxati kengayib boradi. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi (XK) raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev so‘nggi vaqtlarda yangragan bayonotlarga munosabat bildirish asnosida shunday fikr bildirdi.

“Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatini hayvoniy jiddiylik bilan muhokama qilmoqda. Alyansning o‘zi ularni eng qisqa vaqt ichida va minimal byurokratik protseduralar bilan qabul qilishga tayyor. Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Yevropa vakillariga o‘zining “Welcome”ni tom ma’noda barcha dazmollardan ham e’lon qilmoqda. Shunchaki yengil bilan taqillating - darhol qabul qilamiz”, deb yozgan u bugun, 14 aprel kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Medvedev bu Rossiyaning rasman ro‘yxatga olingan dushmanlari ko‘payishini aynglatishini ta’kidlagan. Moskva bunga qanday munosabatda bo‘lishi aniq, deya qo‘shimcha qilgan mansabdor.

“Hissiyotlarsiz, sovuq bosh bilan. NATO tarkibidagi qancha davlat - 30 yoki 32, umuman biz uchun unchalik muhim emas. Ikkita kam, ikkita ko‘proq, ularning ahamiyati va aholisini hisobga olsak, katta farq yo‘q”, deydi u.

Shu bilan birga, Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari agar Ukrainadagi “maxsus operatsiya” bo‘lmaganida, bu mamlakatlarning NATOga qo‘shilishi masalasi umuman ko‘tarilmasdi, deb safsata o‘qish umuman mantiqsiz ekanini ta’kidlagan. 

“Bu unday emas. Birinchidan, ularni alyansga tortishga urinishlar avval ham bo‘lgan. Ikkinchidan, eng muhimi, bu davlatlar bilan Ukrainadagi kabi hududiy bahslarimiz yo‘q. Shuning uchun bunday a’zolikning narxi biz uchun boshqacha”, deb tushuntirgan u.

Medvedevning ta’kidlashicha, Shvetsiya va Finlyandiyada NATOga a’zo bo‘lish masalasida jamoatchilik fikri taxminan ikkiga bo‘lingan va bu “uyda o‘stirilgan targ‘ibotchilarning maksimal sa’y-harakatlari” bilan.

“Hech bir aqli raso odamlar narxlarni va soliqlarni oshirishni, chegaralar bo‘ylab keskinlikni oshirishni istamaydi, “Iskander”lar, gipertovush [tezligidagi raketalar] va yadroviy qurolga ega kemalar uyidan qo‘l uzatgulik masofada bo‘lishini xohlamaydi. Keling, shimoliy qo‘shnilarimizning aqli g‘alaba qozonishiga umid qilaylik”, deya tahdidli xulosa qilgan Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari.

Medvedevgk ko‘ra, Shvetsiya va Finlyandiya NATO qo‘shilsa, Boltiqbo‘yining yadrosizligi yo‘qqa chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Finlyandiya joriy yilning yozidan kechiktirmay NATOga a’zo bo‘lishi mumkin. AQSH rasmiylariga ko‘ra, ikki davlatning alyansga a’zoligi NATO Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralarda “suhbat va ko‘plab uchrashuvlarning mavzusiga” aylangan. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Finlyandiya

Baholaganlar

746

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing