Medvedev energiya inqirozi qancha davom etishini aytdi

Olam

image

Dunyo uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan global energetika inqirozini boshidan kechirmoqda. Bu haqda bugun, 3 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fan va ta’lim bo‘yicha kengash prezidiumi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev so‘z ochdi. 

“Zamonaviy ekologik kun tartibida ko‘plab urg‘ular o‘zgarib bormoqda. Bu iqtisodiyotning past uglerodli transformatsiyasiga ham taalluqlidir. Boshqa mamlakatlarda nima sodir bo‘layotganiga, umuman energiya bozori bilan nima bo‘layotganiga qarang. Resurslar narxining oshishi fonida – aytmoqchi, mamlakatimizga qarshi sanksiyalar natijasida – hamma narsa 180 darajaga o‘zgardi. Darhaqiqat, dunyo energetika inqirozini boshidan kechirmoqda”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, Rossiyaning bu sohadagi yondashuvlari mavjud vaziyatni hisobga olgan holda kelajakka qaratilgan bo‘lishi kerak. 

“Chunki biz bunday energiya noaniqligi ancha uzoq davom etishini tushunamiz”, deya ogohlantirdi u. 

Shunga qaramay, siyosatchining qayd etishicha, iqlim barqarorligi va biologik xilma-xillikni saqlash, zararli moddalar chiqindilarini nazorat qilish, ishlab chiqarishni zamonaviy ekologik standartlarni hisobga olgan holda modernizatsiya qilish kabi maqsadlar o‘z dolzarbligini yo‘qotmayapti. 

“Bularning barchasi bizning diqqatimizni talab qiladi”, deb qo‘shimcha qildi u. 

Medvedev iqlim faol moddalarining yagona milliy monitoring tizimini yaratishga to‘xtaldi. U mazkur loyiha konsepsiyasi prezidium yig‘ilishida allaqachon ko‘rib chiqilganini eslatdi.  

“Hukumat uni yakunlash va kelishish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Hujjat Rossiyada iqlimiy faol moddalarni monitoring qilishning zamonaviy tizimini yaratishga, afsuski, zaif va katta sarmoyani talab qiluvchi infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan”, deydi u.  

Uning tushuntirishicha, ushbu loyihani yaqin kelajakda amalga oshirish “albatta, davlat uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi”.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing