Medalsiz qolib ketishdin qo‘rqib, dayanga chiqdim – Guljanoy Naimova

Sport

image

Tokio Paralimpiadasi ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yetib keldi. Bu yerda sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.

So‘nggi, sakkizinchi oltin medalga sazovor bo‘lgan taekvondochi Guljanoy Naimova musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: 

“Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, katta hayajondaman. Bizni qo‘llab-quvvatlab, duo qilib turganingiz uchun tashakkur. Bularning barchasini ich-ichimizdan his qilib turdik. To‘g‘risini aytsam, raqiblarim kuchliligidan, medalsiz qolib ketishdin qo‘rqib, dayanga chiqdim. Mustaqillik bayramida Prezidentimizning Paralimpiyachilarga yo‘llagan tabrigidan so‘ng, o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi va reytingda birinchi raqamda saralangan sportchini yirik, 60:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratdim. Bizning motivatsiyamiz Prezidentimizdir”. 

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni keltirgan dzyudochi Uchqun Quronboyev so‘zga chiqdi.

“Assalomu alaykum, hurmatli Vatandoshlar. Bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Delegatsiyamiz hisobiga birinchi oltin medalni qo‘shganimdan xursandman. Taqdirlash marosimi bo‘layotgan paytda Prezidentimiz Navoiy viloyatida bizni tabrikladi. Bundan boshimiz ko‘kka yetdi. O‘zbekiston bayrog‘ini yanada yuqoriga ko‘tarishga va’da beraman. Bizning motivatsiyamiz Prezidentimizdir”, deydi Quronboyev.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 19 ta medalga (8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza) ega chiqib, umumjamoa hisobida jahonda 16-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi O'zbekiston Guljanoy Naimova Tokio Paralimpiada

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing