Medallar ko‘paymoqda. Bugun 7 nafar o‘zbek bokschisi chempionlik uchun jang qiladi

Sport

image

Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari tobora o‘z poyoniga yetib bormoqda. 11 noyabr kuni ayollar o‘rtasida chempionatning final janglari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston vakilalaridan -66 kgda Navbahor Hamidova va -75 kgda Sohiba Ro‘zmetova final bahslarida ishtirok etishdi. Hamidova janubiy koreyalik Choi Xongeunni mag‘lub etib Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, Ro‘zmetova hindistonlik Lovlina Borgoainga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibasiga aylandi.

Bugun, 12 noyabr kuni erkaklar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi. Kun dasturida 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo chempionligi degan nom uchun kurashishadi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (15:15 dan so‘ng);

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Serik Temirjanov (Qozog‘iston) (15:40 dan so‘ng);

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Shiva Tapa (Hindiston) (16:10 dan so‘ng);

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) (16:55 dan so‘ng);

-80 kg: Odiljon Aslonov - Huseyn Iashish (Iordaniya) (17:10 dan so‘ng);

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) (17:40 dan so‘ng);

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (17:55 dan so‘ng).

Ma’lumot uchun, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing