Mehribonlik uylari XTV tarkibidan chiqariladi

Jamiyat

image
Yil boshidan beri qancha bola YTHlarda o‘lgani ochiqlandi north_east

Yil boshidan beri qancha bola YTHlarda o‘lgani ochiqlandi

O‘zbekistondagi Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlari endilikda Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkaziladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21-Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida shunday taklif bildirdi.

“Mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi. Lekin bolalar bilan yakka tartibda ishlash, ularni kasbga yo‘naltirish talab darajasida emas. Tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayoti, oliy ma’lumot olishi va bandligiga ko‘maklashuvchi mas’ul idora yo‘q”, deya ta’kidladi Prezident.

Davlat rahbari bu muassasalarning moddiy homiysi borligini, lekin ma’naviy homiy kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Bu ham savob, ham kerakli ish”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatda 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi bor. Ularda 1 ming 823 nafar o‘g‘il-qiz yashab, o‘qimoqda. 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming 363 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu muassasalar, sinov tariqasida, Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazilishi belgilandi. Bolalarga ixtisoslashgan ta’lim berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha metodika yaratish vazifasi qo‘yildi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, san’at va sport tashkilotlari bilan bog‘lab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Mehribonlik uylari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mehribonlik uyi

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing