Yil boshidan beri qancha bola YTHlarda o‘lgani ochiqlandi
Jamiyat
−
28 iyul 2021
4860O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 6 oyida 400 dan ortiq voyaga yetmagan bola yo‘l-transport hodisalarida jarohatlangan, 100 dan ortig‘i avtohalokatlarda vafot etgan. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida aytib o‘tildi.
Qo‘mita yig‘ilishida respublikada sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratilib, 2021 yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangani va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgani tanqidiy muhokama qilingan.
Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli 2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilganiga e’tibor qaratilgan.
Buning oqibatida esa 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
LiveBarchasi