“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Jamiyat
−
27 may 2020 11023 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan beg‘araz homiylik yordami ko‘rsatib kelayotgan fuqarolarni taqdirlash uchun “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
• jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani;
• tanti va olijanob xalqimizning buyuk tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, milliy an’analarini munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani;
• aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgani;
• xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berishdagi tashabbuskorligi;
• bugungi murakkab va og‘ir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi;
• beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgani uchun mukofotlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlaydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025