“Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 mart kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar e’tiboriga ko‘krak nishonining bir necha namunasi va Nizomi taqdim etildi va namunalar orasidan milliy xususiyatlar va davlatchilik tarixiga mos bo‘lgani tanlanib, bir ovozdan ma’qullangan.

Mazkur ko‘krak nishoni O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yillik tantanasiga munosib tuhfa sifatida, har yili mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, Toshkent shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolarni, keng jamoatchilik vakillarini taqdirlash maqsadida ta’sis etilmoqda. 

Shuningdek, ko‘krak nishon bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ko'krak nishoni

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing