“Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining:

  • “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish;
  • hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslarni ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda joylarda “inson qadri uchun” shiori bilan amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘zining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan mahallalar va hokim yordamchilarini rag‘batlantirib borish maqsadida “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi ko‘rik tanlovlarning muntazam o‘tkazib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'krak nishoni

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing